Bandixonda pilla mavsumi qizg‘in davom etmoqda!
2026-05-08 18:30:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Bandixon tumanida mehnatkash pillakorlar tomonidan pilla yetishtirish mavsumi uyushqoqlik va yuqori mas’uliyat bilan olib borilmoqda. Har bir xonadon va tashkilotlarda fidokorona mehnat qilayotgan pillakorlarning sa’y-harakatlari bugun o‘z samarasini bermoqda.
Xususan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan pillachilikni samarali tashkil etish, ipak qurti parvarishi hamda fermer xo’jaliklari pilla topshirish jarayonlarini namunali yo‘lga qo‘ygan. Mehnatsevar ishchi-xodimlarning zahmati tufayli hosildorlikni oshirish va sifatli pilla yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun Bandixon tumani hokimi A.Allamuradov, tuman prokurori B.Toshpulatov, tuman IIB boshlig‘i J.To‘rayev hamda mehnat faxriysi X.Bekmurodovlar tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi pillaxonasi hamda pilla omboridagi jarayonlar ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilar tomonidan pilla qabul qilish ishlari, yaratilgan sharoitlar, mahsulot sifati hamda mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, pillakorlarning mashaqqatli mehnati e’tirof etilib, ularga omad va baraka tilandi.
Bandixonlik pillakorlarning fidokorona mehnati — tumanning iqtisodiy salohiyati va xalqimiz farovonligiga qo‘shilayotgan munosib hissadir.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








