Bandixon tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarga tezkor javob qaytarish maqsadida muhim qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari tashkil etiladi.
2026-05-08 13:30:00 / Yangiliklar

Bugun Bandixon tumani hokimligida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Abduramatov, Bandixon tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Abdumalik Allamuradov hamda tegishli mas’ullar ishtirokida shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida tumanda yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek sodir bo‘lganda ularning oqibatlarini tezkor va samarali bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va davlat quyi tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari yuzasidan muhim tushuncha va amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur o‘quv mashqlari aholi xavfsizligini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamjihatlikni kuchaytirish hamda favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Inson hayoti va xavfsizligi — eng ustuvor vazifa!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati







