Bandixon tumani: Gulbog' mahallasining ichki yo'llari toshlanmoqda
2026-05-06 10:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanining qaysi bir hududiga bormang bunyodkorlik ishlariga ko'zingiz tushadi. Ichki yo'llar toshlanishi, asfalt qilinishi ortidan odamlarimizning yurtimizdagi islohotlardan bugun rozi ekanliklariga guvoh bo'lmoqdamiz.
Bandixon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan manzilli dasturga asosan tumanning Gulbog' mahallasidagi G'aznachi ko'chasining 250 metr qismida toshlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu xayrli ishlardan mahalla aholisi minnatdor desak mubolag'a bo'lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, mahallalarning ichki ko‘chalarini toshlash hamda asfaltlash ishlari belgilangan reja asosida ketma-ketlikda bajarilmoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati





