Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi: Bandixonda muhim muloqot
2026-04-28 17:00:00 / Yangiliklar

Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘ladigan, adolat mezonlarini buzadigan eng katta illat bu — korrupsiya. Ushbu salbiy holatga qarshi kurashish nafaqat qonun ustuvorligi, balki har bir davlat xizmatchisining vijdon amriga aylanishi lozim.
Bugun Bandixon tumani hokimligida aynan shu mavzuda apparat xodimlari ishtirokida ochiq muloqot va targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish shoʻbasi mudiri Sh.Eshimov boshchiligida o‘tgan ushbu uchrashuvda quyidagi masalalarga alohida urg‘u berildi:
Halollik vaksinasini shakllantirish:Har bir xodim o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilishi shartligi;
Manfaatlar to‘qnashuvi: Ish jarayonida shaxsiy manfaatlarning xizmat vazifasiga ta’sirini oldini olish choralari;
Huquqiy javobgarlik: Korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yganlik uchun belgilangan jazo choralarining muqarrarligi.
Uchrashuv davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Asosiy maqsad — tuman hokimligi tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini unutmaslikdir.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati





