Bandixonda “Iqtidor” tanlovi: yosh iste’dodlar sahnaga chiqdi!
2026-04-24 14:00:00 / Yangiliklar

Respublikamizning barcha tumanlarida umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining tuman bosqichlari o'tkazib kelinmoqda.
Bugun Bandixon tumanida yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada yakunlandi.
Ushbu tanlovda tumandagi umumta’lim maktablaridan jami 12 ta jamoa faol ishtirok etib, o‘zlarining musiqiy chiqishlari, sahna madaniyati va ijodiy yondashuvlari bilan hakamlar hay’ati va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishdi. Har bir jamoa o‘ziga xos repertuar va ijro uslubi bilan sahnada munosib chiqish qildi.
Yakuni bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin — 13-maktab
2-o‘rin — 9-maktab
3-o‘rin — 29- va 39-maktab jamoalari
Tanlov yakunida g‘olib jamoalar tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda tumandagi "Kelajak markazi" rahbariyati tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi. Bu esa yosh iste’dodlar uchun yanada katta marralarni zabt etishga kuch va ilhom bag‘ishladi.
Bunday tanlovlar nafaqat o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi, balki ularni jamoa bo‘lib ishlash, sahnada o‘zini tutish va milliy hamda zamonaviy san’atga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
G‘olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









