Davlat auditi va moliyaviy nazorat: ustuvor vazifalar muhokamada
2026-04-24 10:30:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan Surxondaryo viloyati miqyosida muhim onlayn seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-252-son Farmonining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi hamda belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Mazkur seminarda Bandixon tumanidagi qator tashkilotlar, jumladan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlari hamda barcha tashkilotlarning mas’ul vakillari faol ishtirok etdi.
Seminar davomida Farmonda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar batafsil yoritildi. Xususan, budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, qonunbuzilishlarning oldini olishga qaratilgan profilaktika choralarini izchil yo‘lga qo‘yish, davlat xaridlari va investitsiya loyihalari ustidan doimiy monitoring olib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, infratuzilma obyektlarining barqaror va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash, moliyaviy xavf-xatarlarni oldindan baholash hamda tahlil qilish mexanizmlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ham muhim tushunchalar berildi.
Ushbu seminar davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada mustahkamlash, budjet intizomini kuchaytirish hamda tashkilotlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati





