Bandixonda pilla yetishtirish qizg‘in pallada!
2026-04-23 14:50:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida pilla yetishtirish mavsumi jadal sur’atlarda davom etmoqda. Aholi vakillari o‘z xonadonlarida ipak qurti parvarishiga katta mas’uliyat bilan yondashib, har bir pillani mehr bilan parvarish qilmoqda. Bu esa nafaqat oilalar daromadini oshirish, balki hudud iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun tuman hokimi Abdumalik Allamuradov pilla yetishtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Pilla boqish uchun yaratilgan sharoitlar, parvarish jarayoni va mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Bandixonliklar tomonidan olib borilayotgan fidokorona mehnat natijasida joriy mavsumda yuqori hosil olish kutilmoqda. Bu esa yurtimizda ipakchilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






