“Boysun bahori” — milliy ruh va unutilmas lahzalar!
2026-05-02 09:00:00 / Yangiliklar

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida Bandixon qo‘rg‘onida haqiqiy bayramona muhit hukm surmoqda. Tuman madaniyat bo‘limi qoshidagi folklor jamoalari tomonidan ijro etilayotgan milliy kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga o‘zgacha zavq va ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.
Ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan boy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va milliy san’atimiz jonli ijrolarda yana bir bor namoyon bo‘lib, tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olmoqda.
Milliy ohanglar, jonli ijrolar va samimiy muhit — bularning barchasi “Boysun bahori” festivalining ajralmas qismi!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati





