Savdodagi firibgarlik
2026-04-22 17:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Firibgarlik-ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishdir.
Har bir iste'molchi tovar sotib olayotganda aldovga (firibgarga) duch kelishi mumkin shu maqsadda Iste'molchiga tovar sotib olishdan oldin quyidagilarga e'tibor berish tavsiya etiladi
-sotuvchida tovarga oid hujjatlar bor yoki yo'qligini tekshirish;
-tovarning yo'riqnomasi bilan tanishish;
-sotuvchidan tovardan foydalanishni o'rgatishni talab qilish;
-tovarda nuqson aniqlansa, uni sifatli tovarga almashtirish yoki qaytarish (nuqsonni bartaraf etish) haqida oldindan kelishib olish;
-tovarning sifatli va xavfsiz ekanligiga to'liq ishonch hosil qilgandan so'ng pul to'lash.
Avtomashina, televizor, xolodilnik, komputer, telefon qurilmalari va boshqa shu kabi tovarlarni rasmiy dilerdan sotib olish kerar.
Tovar sotilganda, sotuvchi kassa (tovar) cheki berishi lozim. Chek tovar bilan bog'liq nizo kelib chiqqan taqdirda asosiy dalillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun tovar sotib olayotganda kassa (tovar) chekini talab qilish lozim.
Internet orqali tovar sotib olinayotganda, sotuvchi xaridorga taqdim etishi lozim bo'lgan quyidagi ma'lumotlarning mavjud bo'lishiga alohida e'tibor berish lozim.
Yuqoridagi ma'lumotlarning mavjud emasligi sotuvchining noxolisligidan dalolat beradi va kelgusida sotib oluvchi uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.
Bank plastik kartochkadan Internet orqali tovar (xizmat) uchun onlayn to'lov amalga oshirilganda, plastik kartochka haqidagi ma'lumotni (parolni) begona shaxslarga taqdim etmaslik kerak.
Firibgarlik harakatini sodir etgan aybdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortililishi muqarar ekanligini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasigada ko‘rsatilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Surxondaryo viloyat sudi sudyasi Jumanov Oybek
