Bandixonda madaniyat va san’at fidoyilari e’zozlandi
2026-04-14 17:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida 15-aprel — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan samimiy va ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbiri tashkil etildi.
Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, tuman prokurori Bobur Toshpulatov hamda tuman IIB boshlig‘i Jo’rabek To’rayev ishtirok etib, madaniyat va san’at sohasida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarni chin dildan muborakbod etdi.
Ta’kidlanganidek, aynan madaniyat va san’at ahli tumanda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yuragi hisoblanadi. Ularning sahnadagi chiqishlari, xalq orasidagi faolligi va jamoaviy hamjihatligi jamiyatimizda yuksak ma’naviyatni shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Tadbir davomida bir guruh soha xodimlarining mehnati alohida e’tirof etilib, ularga tuman hokimining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida davom etgan uchrashuv esa samimiy suhbatlar, iliq tilaklar va ko‘tarinki kayfiyatga boy bo‘ldi.
Madaniyat va san’at — xalqning ruhi, millatning ko‘zgusi!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









