Bandixonda imkoniyatlar cheksiz: “Besh tashabbus paraolimpiadasi” yuqori ruhda o‘tdi
2026-04-13 10:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularni sportga keng jalb etish hamda imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Besh tashabbus paraolimpiadasi”ning tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Mazkur musobaqa tuman hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman sport bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilib, unda fuqarolar o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etishdi.
Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda bellashdilar:
• para yengil atletika
• para shaxmat
• para shashka
• para stol tennisi
• aravachada stol tennisi
Har bir yo‘nalishda qatnashgan fuqarolar nafaqat g‘alaba uchun, balki o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish, irodasini mustahkamlash va jamiyatda faol o‘rin egallash yo‘lida chinakam namuna bo‘lishdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, ularning sa’y-harakatlari e’tirof etildi.
Tadbir yakunida milliy qadriyatlarimizga xos tarzda osh damlanib, barcha ishtirokchilarga tarqatildi. Bu esa tadbirga yanada samimiylik va birdamlik ruhini bag‘ishladi.
Bunday tashabbuslar fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bandixonda har bir fuqaro e’tiborda, har bir iste’dod qadrlanadi!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









