Sohibqiron xotirasi — avlodlar qalbida
2026-04-09 10:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida buyuk sarkarda, davlat arbobi va millat faxri Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Tuman hokimligi, tuman Adliya bo‘limi, 9-son madaniyat markazi hamda 1-sonli umumta’lim maktabi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixga hurmat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Amir Temur hayoti, jasorati va davlat boshqaruvidagi ulkan xizmatlarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Qiziqarli savol-javoblar, bellashuvlar va sport musobaqalari esa bayramga yanada shukuh bag‘ishladi.
Ayniqsa, 9-son madaniyat markazi xonandalarining kuy-qo‘shiqlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, tadbirning unutilmas lahzalariga aylandi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan hamda musobaqalarda g‘olib bo‘lgan jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday tadbirlar yosh avlodni buyuk tariximiz, boy merosimiz va ajdodlarimizning ibratli hayoti ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Sohibqiron merosi esa hamon biz uchun kuch, birlik va taraqqiyot timsoli bo‘lib qolmoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









