Bandixonda “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-04-08 11:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tashabbusi bilan umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar orasida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini oshirish, shuningdek, qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat.
Bellashuvlar boshlanganda tumandagi 45 ta jamoa faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrindor bo‘ldi:
1-o‘rin — 23-sonli umumta’lim maktabining “Yosh qutqaruvchilar” jamoasi
2-o‘rin — 2-sonli umumta’lim maktabining “Liderlar” jamoasi
3-o‘rin — 1-sonli umumta’lim maktabining “Yetakchilar” jamoasi
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 23-sonli umumta’lim maktabining “Yosh qutqaruvchilar” jamoasi musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Yoshlarimizning bunday bellashuvlarda faol ishtiroki ularning kelajakda har qanday favqulodda vaziyatlarda dadil va mas’uliyat bilan harakat qila oladigan yetuk shaxslar bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









