Yoshlar e’tiborda: Bandixonda “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
2026-04-09 11:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida harbiy xizmatni sharaf bilan o‘tab qaytgan yoshlar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov yoshlar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning fikr-mulohaza, taklif va muammolarini tingladi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar, grantlar, kreditlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, takliflarini bildirishdi.
Bandixonda yoshlar bilan ishlash, ularning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va kelajagiga mustahkam zamin yaratish ishlari izchil davom etmoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








