Navro‘z – hamjihatlik va mehr-oqibat bayrami: Bandixonning Bag’rikengida umumxalq sayillari
2026-03-21 09:00:00 / Yangiliklar

21-mart – “Navro‘z umumxalq bayrami” munosabati bilan Bandixon tumanining barcha mahallalarida ko‘tarinki kayfiyatda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, “Bag‘rikeng” mahallasining adirlik hududida mahalla ahli birlashib, milliy an’ana va qadriyatlarimizga xos tarzda keng shodiyonalar bilan Navro‘zni munosib nishonlamoqda.
Bayram davomida milliy taomlar tayyorlanib, kuy-qo‘shiqlar yangramoqda, xalq o‘yinlari va sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Bu kabi tadbirlar aholi o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Navro‘z sayillari nafaqat bayram shukuhini oshirib, balki qadimiy urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









