Respublika ishchi guruhi: Bandixonda yoshlar bilan ishlash yangi bosqichda
2026-03-26 11:30:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan muhim tashabbuslarning joylardagi ijrosini ta’minlash, ularning samaradorligini oshirish hamda yigit-qizlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida hududlarda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, bugun Yoshlar bilan ishlash Respublika komissiyasi a’zolari tomonidan Bandixon tumanida yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Tashrif davomida tumandagi “Yoshlar shtabi” faoliyati yaqindan ko‘zdan kechirilib, uning tashkiliy ishlari, yoshlar bilan muloqot tizimi, muammolarni aniqlash va hal etish mexanizmlari tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganishlar davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish va ilg‘or tajribalarni keng joriy qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bu kabi tashabbuslar yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda kelajagimiz egalari uchun mustahkam poydevor yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati





