Bandixon tumanida dolzarb masalalar tanqidiy muhokama qilindi
2026-03-30 08:05:00 / Yangiliklar

Bandixon tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida hokimlik mas’ullari, tashkilot rahbarlari hamda fermer xo‘jaliklari ishtirokida muhim yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda:
— kunlik ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar
— qishloq xo‘jaligidagi dolzarb vazifalar
— aholi murojaatlari bilan ishlash holati
atroflicha va tanqidiy ruhda muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
“Shinjon” usulida chigit ekishni samarali tashkil etish
Ichki ariqlarning betonlanish darajasi
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar
Obodonlashtirish holati
Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va ijobiy hal etish
Muhokamalar yakunida mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.







