Bandixonda “yashil daromad” sari muhim qadam: aholiga limon ko‘chatlari tarqatilmoqda
2026-03-17 09:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish maqsadida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bugun tumanga 2 mingdan ortiq hosildor limon ko‘chatlari olib kelinib, subsidiya asosida ehtiyojmand fuqarolarga tarqatilmoqda.
Mazkur tashabbus orqali fuqarolar o‘z tomorqalaridan unumli foydalanib, limon yetishtirishni yo‘lga qo‘yadi. Bu esa nafaqat oilaviy daromadni oshirishga, balki hududda bog‘dorchilikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, bunday qo‘llab-quvvatlash choralari aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish hamda tadbirkorlikka keng yo‘l ochishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
#Bandixon #Subsidiya #Tomorqa #Bandlik #YashilDaromad
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








