Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi masalalar muhokama qilindi
2026-03-06 08:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov rahbarligida qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ullari hamda fermer xo‘jaliklari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, G‘alla parvarishi, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, bargdan oziqlantirish (suspenziya), 2026-yil hosili uchun kartoshka ekish ishlarining borishi, Dala chetlariga mevali ko‘chatlar ekilishi, “Suv yetkazib berish xizmati” DM balansidagi kanallar va fermer xo‘jaliklarining ichki ariqlarini betonlash ishlarining borishi, “Shinjon” usulida chigit ekiladigan maydonlarda amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar, 2026-yil paxta hosili uchun yer tekislash va pushta olish, Samarasiz bog‘ va tokzorlarni rekonstruksiya qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan yig‘ilishda sohada belgilangan ishlarni sifatli va muddatida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yuklandi hamda agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan tizimli ish olib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






