Barcha islohotlar — inson qadri va xalq farovonligi yo‘lida
2026-03-02 10:30:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va energiya ta’minoti barqarorligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, tumanning Bektepa mahallasida 25 dona yangi tayanch ustunlarni tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan o'rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida elektr ta’minotidagi uzilishlar kamayadi, kuchlanish barqarorlashadi hamda aholi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.
Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








