“Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi
2026-03-04 10:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur tanlov o‘quvchi-yoshlarning iste’dodini yuzaga chiqarish, ularning sahna madaniyati, ijodiy tafakkuri va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, eng munosiblari aniqlab olindi.
Tanlov natijalari quyidagicha:
1-o‘rin – 3-maktabning “Ilhom” jamoasi
2-o‘rin – 18-maktabning “Renessans” jamoasi
3-o‘rin – 17- va 45-maktab jamoalari
G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlanib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoaga viloyat bosqichida ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bandixon tumanida yoshlar ma’naviyati va ijodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday tadbirlar izchil davom ettiriladi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








