“Ayollar daftari” tizimining 7-bosqichini boshlash bo’yicha amaliy seminar tashkil etildi
2026-02-11 11:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida “Ayollar daftari” tizimining 7-bosqichini boshlash va samarali yuritish yuzasidan onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarda Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o’rinbosari Shavkat Qodirov, federatsiyaning viloyat kasaba uyushmalari Kengashi raisi o’rinbosari Qobil Bobolov, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda mahalla yettiligi ishtirok etib, Davlatimiz rahbarining xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularning muammolarini o’rganish va hal etish, “Ayollar daftari”ga tizimiga oid topshiriqlar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, elektron platforma orqali ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritish, monitoring va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarni davom ettirish hamda har bir murojaatni individual yondashuv asosida hal etish zarurligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun: «Ayollar daftari»ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:1) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;2) tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlar;3) uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar;4) tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar;5) huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar.









