Bandixon tumani: Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla!
2026-02-23 11:00:00 / Yangiliklar

Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Bandixon tumanida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Eng quvonarlisi, bu jarayonlarda fuqarolarimiz o‘z tashabbusi va fidoyiligi bilan faol ishtirok etishmoqda.
Bugun tumanning Gulbog‘ mahallasi Yangi obod ko‘chasida bir guruh faol aholi vakillari hashar yo‘li bilan 1 kilometr uzunlikdagi ariqni tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu ezgu tashabbus nafaqat hududning tozaligi va obodligiga, balki aholi yashash sharoitining yaxshilanishiga ham xizmat qiladi.
Obod xonadon — obod ko‘chaning boshlanishi, obod ko‘cha esa obod mahallaning poydevoridir. Har birimiz yashab turgan hududimizga befarq bo‘lmasak, mahallamiz yanada fayzli va ko‘rkam bo‘ladi.
Aziz fuqarolar!Keling, obodonlashtirish ishlarida faol bo‘laylik, mahallamiz tozaligi va ko‘rkiga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Zero, obod mahalla — farovon hayot garovidir!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






