Bandixonda “Turmush” tadbiri doirasida o‘quvchi-qizlar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
2026-02-23 10:30:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida “Turmush” tadbiri doirasida 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o‘quvchi-qizlari bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman Ichki ishlar bo‘limining Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori hamda boshqa mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, erta nikohning salbiy oqibatlari, oilaviy zo‘ravonlik va tazyiqlarning oldini olish, shuningdek, huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi. Ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik normalari, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, ularni himoya qilish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchi-qizlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.




