Ayol adashsa — jamiyat shikastlanadi!- Bandixon tumanida mahalla faollari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
2026-02-13 11:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumani IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, tuman bosh otinoyisi hamda mahalla faollari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Maqsadimiz — mahalladagi har bir ayolning muammosiga quloq tutish, ularni jinoyat ko‘chasidan asrash va sog‘lom ma’naviy muhit yaratishdir. Yig‘ilishda ayollar o‘rtasida jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va oldini olish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari tahlil qilindi.
Zero, ma’rifatli va huquqini tanigan ayol — baxtli ayoldir!



