"Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi musoboqalar, tadbirlar, tanlovlar hamda uchrashuvlarda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh sportchi qizlarga tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan sport kiyimlari va jihozlari topshirildi.
2026-02-06 09:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Muntazam ravishda sport bilan shug‘ullangan insonda kuchli iroda, qat’iyatlilik, olg‘a intilish va o‘ziga ishonch hissi doimo ustun turadi.
Bandixon tumanida tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi va Sport bo'limlari bilan hamkorlikda "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida ko'plab sport musobaqalari o'tkazilib kelinmoqda.
Bandixon tumanida yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida o’tkazilayotgan "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi musoboqalar, tadbirlar, tanlovlar hamda uchrashuvlarda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh sportchi qizlarga tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan sport kiyimlari va jihozlari topshirildi.
#JARAYON_FOTOLAVHALARDA
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








