O'quvchi qizlar o'rtasida o'tkazilgan "Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” Bandixon tuman bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
2026-02-05 13:05:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida ilk bor tashkil etilgan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” futbol musobaqasining tuman bosqichi yakunlandi.
Qizg'in va murosasiz o'tkazilgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, tuman prokurori Bobur Toshpulatov, tuman IIB boshlig'i Jo'rabek To'rayev, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi mas'ullari hamda sport sohasi vakillari ishtirok etdi.
Bahslar natijasiga ko‘ra:1-o'rin 37-maktab Surxon qizlari jamoasi,2-o'rin 27-maktab To'marislar jamoasi,3-o'rin 7-maktab Barchinoylar jamoalari egallashdi.
Jamoalar diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
G‘olib bo'lgan 37-maktabning Surxon qizlari jamoasi viloyat bosqichi yo'llanmasini qo‘lga kiritdi.
"Davlatimiz rahbarining yoshlar sportiga qolaversa xotin-qizlar sportiga bo'lgan alohida e'tiborlari tufayli “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” tashkil etildi. Inson ham ma'naviy ham jismoniy yetuk bo'lishi zarur. Men o'ylaymanki jismoniy yetuk bo'lgan insonning ma'naviyati ham yetuk bo'ladi. Mazkur musobaqa o‘quvchi qizlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va iqtidorli yosh sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi." - deydi tuman hokimi A.Allamuradov.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









