Bandixonda prokuratura xodimlari sharaflandi
2026-01-14 17:00:00 / Yangiliklar

Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Bandixon tuman hokimligida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov ishtirok etib, tuman prokurori Bobur Toshpulatov hamda soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Tuman rahbari o‘z tabrigida prokuratura organlarining qonun ustuvorligini ta’minlash, qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirishdagi o‘rni alohida ekanini ta’kidlab, soha xodimlariga mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir yakunida tuman prokuraturasining jonkuyar va fidoyi xodimlariga tuman hokimligining sovg‘alari tantanali topshirildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









