Oz bo’lsada e'tibor kishiga g'urur, o'z kasbiga iftixor bag'ishlaydi
2026-01-14 11:00:00 / Yangiliklar

Bugun Bandixon tuman hokimligida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan bir guruh mudofaa bo'limi xodimlari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Yurtimizning barcha hududlarida o'zining muqaddas burchini ado etayotgan askarlarning askar bo'lishida sizlarning ulkan hissalaringiz bor. Ushbu amalga oshirayotgan ishlaringiz tahsingga sazovor. - deydi tuman hokimi A.Allamuradov
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









