Vatanni mardlar qo'riqlaydi: Bandixon tumanida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi
2026-01-13 11:00:00 / Yangiliklar

Respublikamiz bo'ylab 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 34 yilligi" keng nishonlanmoqda. Bugun Bandixon tumanida ham bayram munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirni tuman hokimi Abdumalik Allamuradov ochib berib, barcha vatan himoyachilarini qolaversa, Bandixonlik alp yigitlarni bayram munosabati bilan tabrikladi.
Tadbirda 9-son madaniyat markazi badiiy jamoalari va san'atkorlari tomonidan vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. 1-43-sonli umumta'lim maktablari o'quvchilari tomonidan qilingan chiqishlar yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi hamda vatanparvarlik tuyg'usini his qilishlariga imkon yaratdi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








