ICHKI TURIZM
2026-01-10 10:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda turizm sohasini iqtisodiyotning muhim strategik tarmog‘i sifatida yanada rivojlantirish, sayyohlar oqimini keskin oshirish, yangi turizm obyektlarini tashkil etish, sohadagi tadbirkorlarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo'yicha muhim vazifalar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 15.05.2025-yildagi PF-87 sonli Farmon ijrosini ta'minlash bo'yicha tashkilot xodimlarining sayohatini tashkil etish belgilangan.
Shu maqsadda Bandixon tumanidagi barcha umumta’lim maktablari o’qituvchilaridan iborat jamoa bayram munosabati bilan berilgan dam olish kunlari azim Samarqand shahrining diqqatga sazovor qadimiy maskanlariga sayohat qilib qaytishdi
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






