Xorijdagi vatandoshlarimiz oilalari doimiy e’tiborda
2026-01-08 10:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ–149-sonli qarori 10-bandiga muvofiq, mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, ularning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorlarini rag‘batlantirish va ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash borasida muntazam madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Bugun Bandixon tumani 9-sonli madaniyat markazida mehnat migratsiyasida bo‘lgan oilalarning farzandlari uchun navbatdagi madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir tegishli tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tashkil etilib, xorijdagi vatandoshlarimiz oilalarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









