BANDIXON TUMAN ICHKI ISHLAR BO'LIMI BOSHLIG‘I JO'RABEK TO'RAYEVNING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
2025-12-17 14:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Hurmatli tumandoshlar!
Bugungi kunda mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida – avvalo inson qadri ulug‘lanib, fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari himoya qilinmoqda.
Endilikda xodimlarning kunlik faoliyati "Xalq manfaatlariga xizmat qilish" tamoyili asosida, jinoyat oqibati bilan kurashish emas, ularning keltirib chiqargan tub sabablarni bartaraf etishga qaratiladi.
Bandixon tumanida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
Ushbu yo‘nalishda erishilayotgan yutuqlar bilan birga, ayrim jinoyat turlarining kamaymayotgani hanuz tashvish uyg‘otmoqda.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu jinoyatlarning sodir bo‘lishiga quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:
- Onlayn savdo platformalarida mahsulotni shaxsan qabul qilmasdan oldin to‘lovlar amalga oshirilishi;
- Ijtimoiy tarmoqlar orqali “siz pul yutug’i yutdingiz”, “Sizga hukumat tomonidan moddiy yordam ajratildi”, “Yutuqli lotereyada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldingiz” va boshqa shular kabi turli shubhali havolalarga kirishga undashlarga aslo ishonmang
- Bank plastik kartalaringizga oid shaxsiy ma’lumotlarni, ayniqsa PIN va boshqa maxfiy kodlarni begona shaxslarga bermang;
- Onlayn xaridlar bo‘yicha to‘lovlarni mahsulotni shaxsan qabul qilib olganingizdan so‘ng amalga oshiring.
Shu bois, Siz azizlardan quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:
Noma’lum shaxslarga ishonmang, mol-mulkingizni ehtiyot qiling;
Uyingiz xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘ring;
Farzandlaringiz tarbiyasiga jiddiy e’tibor qarating, ularning kimlar bilan do‘stlashayotganini nazorat qiling;
Har qanday huquqbuzarlik holatiga guvoh bo‘lsangiz, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.
Hurmatli Bandixon tumani aholisi!
Jinoyatchilikning oldini olishda har birimiz hushyorlikni oshirishimiz, o‘zimizga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni qarovsiz qoldirmasligimiz, internet tarmoqlaridan maqsadli va oqilona foydalanishimiz, turli notanish shaxslarga hisob raqamlar va tasdiqlash kodlarini bermaslik haqida yana bir bor ogohlantirib o‘tmoqchiman.
Unutmang, jinoyatning oldini olish – har bir fuqaroning burchi! Tinch va osoyishta hayotimizni asrash o‘z qo‘limizda!
