“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Bandixon tumanida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda
2025-12-16 11:00:00 / Yangiliklar

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Bandixon tumanining asosiy bayram tadbiri o‘tkaziladigan yangi yil archasi o'rnatilgan hududda tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir bo‘lganda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida yong‘in-qutqaruv taktik mashqi o‘tkazildi.
Mazkur mashgʻulotning asosiy maqsadi — yongʻin yoki boshqa favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga tezkor yordam koʻrsatish hamda tegishli xizmatlarning oʻzaro hamkorlikdagi harakatlarini sinovdan oʻtkazishdan iborat boʻldi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






