Bandixon tumanida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi
2025-12-16 10:30:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida dunyo tillarini o'rganib yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarimiz soni kundan-kunga oshib bormoqda. Shu yoshlar qatorida "Uzdraft" loyihasi asoschisi Choriyev Muxiddin tashabbuskor va faollik ko'rsatib kelmoqda.
Bugun Bandixon tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'linmasi hamda "Uzdraft" loyihasi tashabbuskorlari hamkorligida tumandagi o'quvchi yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.
Qizg‘in va murosasiz bahs yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari. 2-o‘ringa 1-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari , 3-o‘ringa 2-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchilar jamoasi loyiq topildi.
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









