Bandixonda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng shodiyonga aylandi
2025-12-14 18:00:00 / Yangiliklar

Yurtimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Bandixon tumanidagi "Xonsaroy" to‘yxonasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov ishtirok etib, tumandagi agrar soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi hamda ularning tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi munosib hissasini alohida e’tirof etdi.
Bandixon tumani qishloq xo’jaligi sohasida viloyatda birinchilardan o’rin egallagani alohida ta’kidlanib,
erishilgan, yutuqlar yuksak baholanib, Prezidentimiz farmonlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilayotgan Bandixonlik qishloq xo’jaligi xodimlari sharaflandi.
Bayram oldidan tuman hokimi A.Allamuradov hamda saxovatpesha fermer xo’jaliklari xayrli ishga qo’l urib 10 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining sunnat to’yini o’tkazib berdi.
Ushbu oilalar davlatimiz tomonidan ko’rsatilgan e’tibor va mehr uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bayram tadbiri to‘kin dasturxon atrofida tashkil etilib, tuman madaniyat bo’limi hamda estradaning yorqin yulduzi Jasur Mavlonov ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etib, qishloq xo‘jaligi xodimlariga bayramona kayfiyat ulashdi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









