Kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, yong'in xavfsizligini ta'minlash, obodonlashtirish, "Yashil makon" umummilliy dasturi va yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko'rish masalalari muhokama qilindi
2025-12-12 09:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumani viloyatimizda kundan-kunga chiroy ochib, aholining demografik o'sishi va turmush sharoiti yaxshilanib borayotgan tumanlar sirasiga kirib bormoqda. Shu bois tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tumandagi barcha davlat tashkilot va idoralari birdek mas'ul hisoblanadi.
Bugun ayni shu maqsadda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, tuman prokurori, tuman IIB boshlig'i boshchiligida tumandagi barcha tashkilot va muassasalar ishtirokida tumanda kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, yong'in xavfsizligini ta'minlash, obodonlashtirish, "Yashil makon" umummilliy dasturi va yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko'rish masalalari yuzasidan muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
Yig'ilishda mas'ullarga ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorligi va aholiga sifatli xizmat ko'rsatishi, bozor hududlarida va obyektlarda yong'in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tashkillashtirish, "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida ko'chat ekish ishlarini jadallashtirish, aholiga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida Yangi yil bayrami oldidan barcha mahallalarda va tumanda munosib tayyorgarlik ko'rish bo'yicha aniq vazifalar va topshiriqlar berildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






