Qishloq xo'jaligi masalalari muhokama qilindi
2025-12-04 08:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida qishloq xo'jaligiga aloqador tashkilotlar va hudud rahbarlari ishtirokida qishloq xo'jaligi masalalari yuzasidan muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
Yig'ilishda dala madaniyatini oshirish, "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida dala chetlariga mevali va manzarali daraxtlar ekilishi, ariq va kanallarning betonlanishi va kuzgi shudgorlash ishlari, 2026-yilgi paxta hosilini ekish maqsadida barcha zarur texnikalarda ta'mirlash ishlari bajarilishi hamda o'g'itlar zaxirasi yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.
Yig'ilishda ushbu ishlarni kechiktirib bo'lmasligi bo'yicha mas'ullarga aniq vazifalar belgilanib, tegishli topshriqlar berildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






