1-dekabr - butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni
2025-11-28 10:00:00 / Deputatlar Kengashi faoliyati

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti hamda Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1988 yildagi qaroriga asosan, 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.Mamlakatimiz OITSga qarshi kurash tizimi bo'yicha keyingi yillarda barcha yo'nalishlarda qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo'yicha qo'shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan "95-95-95" strategik maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb etadi.
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "1-dekabr - Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Shaxmat musobaqasi hamda "Biz yoshlar OITSga qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Yoshlarga faqat ilm yo'lidan borib, har xil nomaqbul ishlarga aralashmaslik zarurligi tushuntirildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









