Bandixon tumani prokurori Bobur Toshpulatovning huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olishga doir tuman aholisiga murojaati.
2025-11-19 14:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Hurmatli Bandixon tuman aholisi!
Xalqimiz bilan birga berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, aholini har tomonlama qo‘llab - quvvatlash, jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish orqali yanada ijobiy natijalarga erishishimiz zarur. Xabaringiz bor, mas’ul idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda jinoyatlarni oldini olish, tumanda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibi joriy etilgan.
Bu esa jinoyatchilik profilaktikasi, ayniqsa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta’minlash hamda jinoyat sodir etgan shaxslarni qisqa vaqtda aniqlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Shu maqsadda bundan keyin ham :
- jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar toifasi bilan manzilli profilaktik tadbirlar kuchaytiriladi;
- sodir etilgan jinoyatlar har kuni tezkor tahlil qilib boriladi;
- kunlik so‘rov va nazorat tizimi izchillik bilan davom ettiriladi.
Siz azizlardan quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:voyaga yetmagan farzandlaringizga transport vositasini boshqarish uchun aslo bermang;plastik karta raqamlarini oshkor qilmang, telefon orqali aloqaga chiqqan har qanday begona shaxsning soʻziga ishonmango'zlaringizga tеgishli bo'lgan chorva mollaringizni tungi vaqtlarda dala chеtlarida qarovsiz qoldirmang;Noma’lum shaxslarga shaxsiy ma'lumotlaringizni aslo bermang ular firibgar bo'lishi mumkin (pasport, karta raqam ma'lumotlari va h.k);qonunga zid harakatlardan tiyiling, tanishlaringiz va qarindoshlaringizni ham bu borada ogohlantiring;Piyoda yoki avtomobil boshqaruvida bo'lsangiz yo'l harakati qoidalariga amal qiling va buni farzandlaringizga o'rgating;Bolalar va o‘smirlarning tarbiyasiga, kimlar bilan vaqt o‘tkazayotganiga e’tiborli bo‘ling. Internet va ijtimoiy tarmoqlarda ularni kuzatib boring;Farzandlaringiz tarbiyasiga jiddiy e’tibor qarating, ularning kimlar bilan do‘stlashayotganini nazorat qiling;Har qanday huquqbuzarlik holatiga guvoh bo‘lsangiz, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.
Hurmatli tumandoshlar!
Jinoyatchilikning oldini olishda har birimiz hushyorlikni oshirishimiz, o‘zimizga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni qarovsiz qoldirmaslik, internet tarmoqlaridan maqsadli va oqilona foydalanish, turli notanish shaxslarga hisob raqamlar va tasdiqlash kodlarini bermaslik haqida yana bir bor ogohlantirib o‘tmoqchiman.
Aziz tumanimiz fuqarolari,
Bandixon tumani hududida barchamiz jinoyat sodir etilgandan keyin emas, uni avvaldan oldini olishga alohida eʼtibor qarataylik.
Bugungi kunda tumanimizdagi barcha mahallalarda profilaktika inspektorlari bevosita mahalla yettiligi bilan birgalikda kunu-tun xizmat olib bormoqdalar.
Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarni barvaqt oldini olish masalasi faqatgina davlat idoralarining vazifasi emas, balki butun jamiyatning vazifasi deb qarab, bu masalalarga eʼtiborlik boʻlsak, tuman hududida jamoat xafsizligi ishonchli taʼminlanib, mahallalarda havfsiz muhit yaratiladi, bu bilan oldimizga qoʻyilgan maqsadga erishamiz, xalqimiz bizdan rozi boʻladi.
