Bandixon tumanida ariq va kanallarni betonlash ishlari davom etmoqda
2025-11-18 16:00:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tomonidan "Qishloq xo‘jaligida suv va energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish" yuzasidan berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Bandixon tumanida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi Abumalik Allamuradov rahbarligida ishchi guruh tuzilib, tumanning barcha hududlarida ariqlar va kanallar betonlamoqda.
Ayni ushbu ishlar tumanning "Obod turmush" mahallasi hududidagi ichki ariqlarda amalga oshirilmoqda.
Suv xo'jaligining fidoyi xodimlari tomonidan ariqlar va kanallarni betonlash hamda tozalash ishlari tizimli davom ettirilmoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati





