Bandixon tumanida iqtidorli bolalar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
2025-11-26 15:00:00 / Yangiliklar

Jahon hamjamiyati tomonidan har yili 20-noyabr sanasi “Bola huquqlari kuni” sifatida keng nishonlanishi munosabati bilan, ushbu sana doirasida mamlakatimizdagi bolalarning huquqlari, manfaatlari va imkoniyatlarini yanada keng yoritish, ularning fikrlarini eshitish hamda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida 2025-yilning 24-27-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida iqtidorli bolalar ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugun shu maqsadda Bandixon tuman hokimligida tuman hokimi Abdumalik Allamuradovning tumandagi iqtidorli bolalar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.
Mazkur ochiq muloqotda bolalarning mavjud muammolari, taklif va g'oyalari tinglandi.
Tadbir yakunida tuman hokimi tomonidan bolalar duch kelayotgan muammolarni hal etish, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oyalarini amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanib, mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








