"Tozalik va ozodalik oyligi" tadbirlari davom etmoqda
2025-11-05 08:00:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz raisligida joriy yil 14-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimiz bo‘ylab "Tozalik va ozodalik oyligi" e’lon qilingan edi. Mazkur tashabbus doirasida Bandixon tumanida ham keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Hususan, tumandagi 22 ta mahallalarda obodonlashtirish, ko‘cha va xonadonlar atrofini tozalash, chiqindilarni yig‘ish va ularni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bugun ertalab tuman hokimi A. Allamuradov boshchiligida tumandagi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, ijtimoiy soha mutasaddilari hamda "mahalla yettiligi" a’zolari ishtirokida yig’ilish tashkil etildi.
Yig’ilishda tozalik va ozodalik ishlarini muntazam va tizimli yo‘lga qo‘yish, doimiy faoliyat yuritadigan maxsus brigadalarni jalb etish, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy obyektlar hamda aholi yashaydigan hududlarda ozodalikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida belgilangan joylarga chiqindi tashlash holatlarining oldini olish bo‘yicha profilaktik reyd tadbirlarini tashkil etish topshirig‘i berildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari kechadan boshlab isitish mavsumi boshlangani ma’lum qilindi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









