Andijon viloyatida bog‘ va tokzorlar barpo etish bo‘yicha tavsiyalar
2026-08-17 18:00:00 / Press-relizlar

Andijon viloyatida bog‘ va tokzorlar barpo etish bo‘yicha tavsiyalar
Andijon viloyatining tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda mevali bog‘lar va tokzorlarni barpo etish, ko‘chatlarni to‘g‘ri ekish hamda parvarishlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tavsiyanomada yer maydonini tayyorlash, ko‘chat ekish sxemalari, payvandtaglarni tanlash, tomchilatib sug‘orish, o‘g‘itlash va yosh ko‘chatlarni parvarishlash bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, viloyat sharoitiga mos meva va uzum navlari hamda ularni joylashtirish sxemalari keltirilgan.
Mazkur tavsiyalar bog‘ va tokzorlarni samarali tashkil etish, suv resurslaridan tejamkor foydalanish hamda kelgusida yuqori va sifatli hosil olishga xizmat qiladi.





