Kunlik tezkor yigʻilish
2026-07-10 10:10:00 / Yangiliklar

Yigʻilish kun tartibidan bir qator ustuvor masalalar oʻrin oldi. Jumladan, Davlat mustaqilligimizning 35 yillik bayramini yuqori saviyada va munosib tayyorgarlik bilan kutib olish, taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash hamda mahalliy soliq tushumlari rejasini tizimli bajarish masalalari atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, kelgusi kuz-qish mavsumiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini puxta tayyorlash, hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bank kreditlarini maqsadli ajratish kabi muhim yoʻnalishlar boʻyicha masʼul rahbar va mutasaddilarga aniq muddatlari belgilangan topshiriq va koʻrsatmalar berildi. Yigʻilish yakunida barcha vazifalarning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.









