Payshanba — yoshlar kuni
2026-07-09 09:50:00 / Yangiliklar
Asaka tumani hokimi N. Moʻminov tizmali tadbirlar doirasida tumandagi 2-sonli texnikum bitiruvchilari hamda uyushmagan yoshlar vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Samimiy va jonli ruhda oʻtgan uchrashuvning bosh mavzusi yoshlar bandligini taʼminlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda doimiy daromad manbalarini yaratishga qaratildi. Suhbat davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, biznes loyihalar va bandlik masalasidagi muammolar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tumanning birinchi rahbariga murojaat qildilar.
Tuman hokimi har bir murojaatni sinchkovlik bilan tinglab, yoshlar tadbirkorligi uchun imtiyozli kreditlar ajratish, boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish va kasb-hunarga qayta oʻqitish boʻyicha masʼul mutasaddilarga aniq topshiriq va koʻrsatmalar berdi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlariga zamin yaratadi.






