«Şimoliy boğ» yanada yaşil hududga aylanmoqda
2026-11-20 22:45:00 / Yangiliklar

Angrendagi «Şimoliy boğ» yanada yaşil hududga aylanmoqda
Xabar berganimizdek, Angren şahridagi «Şimoliy boğ»ni bugungi kun talablariga mos, zamonaviy qiyofadagi «Eko boğ»ga aylantiriş maqsadida barça imkoniyat va kuç safarbar etilmoqda.
Еrta tongdan mazkur maskan yoşu qarini, kattayu kiçikni öz bağriga çorladi. «Yaşil makon» loyihasi doirasida boğning yaşil hududini yanada kengaytiriş maqsadida umumxalq haşari taşkil etildi.
Haşarda Angren şahar hokimi Alişer Rayimov boşçiligida tegişli taşkilotlar rahbarlari va mas’ullari, şahar hokimining örinbosarlari, nuroniylar, yoşlar, mahalla raislari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
Tadbir avvalida şahar hokimi Alişer Rayimov mazkur boğda amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlar va istiqbolli loyihalar haqida söz yuritdi.Haşarning yana bir e’tiborli jihati şundaki, unda turli avlod vakillari faol qatnaşdi.
Mahalla nuroniylari, raislar, xotin-qizlar faollari, yoşlar yetakçilari, «Angren» universiteti talabalari, «Yaşil boğlar» loyihasi doirasida yaqin atrofdagi xonadonlar aholisi, köngillilar hamda Eco-Schools Uzbekistan loyihasining faxriy «Yaşil bayroq» sohibi bölgan 21-maktab öquvçilari ham uşbu xayrli işga munosib hissa qöşdilar.
Angren şahar hokimligi Axborot xizmati
