RAHBAR VA YOŞLAR UÇRAŞUVI: YOŞLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
2026-11-20 22:35:00 / Yangiliklar

RAHBAR VA YOŞLAR UÇRAŞUVI: YOŞLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
Angren şahrida payşanba — Yoşlar kuni munosabati bilan yoşlar bandligini ta’minlaş, ularni kasbga yönaltiriş hamda işga joylaştiriş maqsadida sanoat işlab çiqariş korxonalarida “Oçiq eşiklar kuni” tadbirlari ötkazilmoqda.
Angren şahar hokimligi, DXX şahar bölimi, şahar IIB, Soliq inspeksiyasi hamda Yoşlar işlari bölimi hamkorligida “Rahbar va yoşlar uçraşuvi”, mehnat yarmarkalari kabi tadbirlar taşkil etilmoqda.
Navbatdagi tadbir “ANGREN ELEKTRO IZOLIT” MÇJ korxonasida bölib ötdi.
“Rahbar va yoşlar uçraşuvi” doirasida işsiz bitiruvçi yoşlar uçun korxona böylab ekskursiya taşkil etilib, işlab çiqariş jarayonlari va korxona faoliyati bilan yaqindan taniştirildi.
Tadbirda jami 62 nafar işsiz bitiruvçi yoş iştirok etib, özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirdilar.
Uçraşuv yakunlariga köra:
🔹 24 nafar yoş öz murojaati bilan qatnaşdi;
🔹 5 nafar yoşning doimiy iş bilan bandligi ta’minlandi;
🔹 Qolgan yoşlarning murojaatlari yuzasidan tegişli tavsiya va tuşuntirişlar berildi.
Muloqot davomida yoşlarning muammolarini tinglaş, ularni iş bilan ta’minlaş va bandligini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuvga şahar IIB probasiya hisobida bölgan şaxslar ham jalb etildi.
🎯 Yoşlar bandligi — kelajak taraqqiyotining muhim omili!
Angren şahar hokimligi Axborot xizmati
