“YASHIL LOT” TIZIMI ORQALI YER MAYDONLARI AJRATILADI
2026-11-20 22:30:00 / Yangiliklar

📢 E’LON! “YASHIL LOT” TIZIMI ORQALI YER MAYDONLARI AJRATILADI
Hurmatli tadbirkorlar, yuridik shaxslar va tashabbuskor fuqarolar!
Angren shahrida yashil hududlarni kengaytirish, yangi bog‘ va xiyobonlar barpo etish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida “Yashil lot” tizimi orqali yer maydonlari foydalanish uchun ajratilishi e’lon qilinadi.
Yer maydonlari quyidagi maqsadlarda foydalanish uchun ajratiladi:
Zamonaviy yashil bog‘ va xiyobonlar tashkil etish;
Daraxt va manzarali butalar ekish;
Mevazor va intensiv bog‘lar barpo etish;
Hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish;
Ekologik loyihalarni amalga oshirish.
Foydalanish shartlari:
Yer uchastkalari shartnoma asosida foydalanishga beriladi;
Yerlardan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish lozim;
Yer maydonlari xususiy mulk qilib berilmaydi;
Qurilish ishlari va turli konstruksiyalar o‘rnatishga ruxsat etilmaydi;
Aholining yashil hududlardan umumiy foydalanish huquqi cheklanmaydi.
Ajratilayotgan yer maydonlari:
📍 “Oppartak” MFY,:
1-lot — 1,4 gektar;
2-lot — 2,0 gektar;
3-lot — 0,32 gektar;
4-lot — 0,44 gektar;
5-lot — 0,77 gektar;
6-lot — 0,45 gektar;
7-lot — 0,30 gektar;
8-lot — 0,40 gektar;
9-lot — 0,35 gektar.
📍 “Sog‘lom” MFY, Sog‘lom ko‘chasi:
10-lot — 0,26 gektar.
Aziz yurtdoshlar, tabiatni asrash, yashil hududlarni ko‘paytirish va kelajak avlod uchun sog‘lom atrof-muhit yaratishga qaratilgan tashabbuslaringiz bilan “Yashil lot” tanlovida faol ishtirok eting!
