Angren şahar hokimi xorijdagi yoşlar bilan onlayn muloqot ötkazdi
2026-11-12 20:15:00 / Yangiliklar

Angren şahar hokimi xorijdagi yoşlar bilan onlayn muloqot ötkazdi
Payşanba — Yoşlar kuni munosabati bilan Angren şahar hokimi Alişer Rayimov boşçiligida hokim örinbosarlari, mutasaddi taşkilotlar rahbarlari hamda mahallalardagi yoşlar yetakçilari iştirokida xorijda bölib turgan yoşlar bilan onlayn muloqot taşkil etildi.
Ma’lumotlarga köra, joriy yilda maktabni tamomlagan yoşlardan 53 nafari bugungi kunda xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda yoki mehnat migrasiyasi faoliyati bilan şuğullanmoqda.
Bugungi onlayn muloqotda ulardan 16 nafari iştirok etdi.Angren şahar hokimi xorijdagi yoşlarga yurtimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Angren şahrida yoşlar bandligini ta’minlaş böyiça mavjud iş örinlari, şuningdek, amalga oşirilayotgan yirik va istiqbolli loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Muloqot davomida Turkiya davlatida mehnat migrasiyasida bölgan fuqaroning oilaviy şaroitini örganiş hamda farzandini xususiy maktabga joylaştiriş böyiça tegişli vazifalar belgilandi.
Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi fuqaroligini oliş masalasida huquqiy maslahat berildi. Suhbat davomida yoşlarning xorijdagi yaşaş şaroiti, ta’lim olişi va mehnat faoliyati bilan boğliq masalalar atrofliça muhokama qilindi. Xususan, Rossiya Federasiyasi, Angliya, Malayziya, Xitoy davlatlarida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoşlar bilan muloqotlarda, jiddiy muammo va kamçiliklar mavjud emasligi ma’lum qilindi.
Şuningdek, xorijda tahsil olayotgan talabalar tomonidan bildirilgan takliflar ham körib çiqildi. Jumladan, Angren şahrida xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalariga kiriş uçun tayyorlovçi öquv markazi faoliyatini yölga qöyiş masalasi yuzasidan fikr almaşildi.
Angren şahrida zamonaviy, jahon standartlariga mos texnologiyalar bilan jihozlangan istiqbolli megaloyihalar amalga oşirilmoqda. Şuningdek, şaharda yirik sanoat işlab çiqariş korxonalari samarali faoliyat yuritmoqda. Uşbu zamonaviy texnologiyalarni kelgusida muvaffaqiyatli boşqariş, işlab çiqariş jarayonlariga innovasion yondaşuvlarni joriy etiş uçun xorijda tahsil olayotgan yoşlarimiz çuqur bilim va mustahkam kasbiy salohiyatga ega bölişlari zarur. Ayniqsa, Angren yoşlari orasida Angliya, Xitoy, Malayziya kabi rivojlangan davlatlarda ta’lim olayotgan yoşlar soni ortib borayotgani quvonarli holdir. Işonçimiz komilki, ular kelajakda egallagan bilim va tajribalarini yurtimiz taraqqiyotiga, xususan, Angren şahrining sanoat va iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirişga yönaltiradilar,
- dedi Angren şahar hokimi Alişer Rayimov
Bunday muloqotlardan közlangan asosiy maqsad — xorijdagi yoşlar bilan doimiy aloqani mustahkamlaş, ularning muammo va takliflarini örganiş hamda Vatanimizdagi imkoniyatlardan samarali foydalanişlariga kömaklaşişdan iborat.
